Kia

Sorento

Taraqqiyotning yangi darajasini sinab ko'ring

Terrain mode-yo'l sharoitlariga moslashish tizimi

Intellektual xavfsizlik va haydovchiga yordam tizimlari

12" raqamli qurilmalar paneli

Tabiat bilan uyg'unlikda

Yangi Sorento o'zining dadil, dinamik tashqi ko'rinishi bilan nafaqat e'tiborni tortadi. U tabiatning quvvati va donoligidan foydalangan holda, yanada ongli ravishda sayohat qilish imkoniyatini beradi.

Eksteryer

To'siqlardan chekinmaydi

Avtomobil old qismining dizayni yanada futuristik va dadil ko'rinish oldi. Radiatorning ulkan hajmli panjarasi va "Yulduzlar xaritasi" deb nomlanuvchi yurish chiroqlarning vertikal grafikasi yo'ltanlamasning progressiv qiyofasini ta'kidlaydi. Vertikal orqa chiroqlar Sorentoga, ayniqsa qorong'ida yanada ifodali ko'rinish bahsh etadi. Qora diffuzorli ta'sirchan bamper qoplamasi krossoverning amaliyligini ta'kidlaydi.



Ikki vertikal orqa chiroqlarni birlashtirgan yangi "Yulduz xaritasi" grafikasi Kia dizaynining yangi uslubini aks ettiradi

Keng orqa panel qora qoplama bilan uyg'unlikda salobatli yo'ltanlamas ko'rinishini yaratadi

Qulayik va uslub

Aynan siz uchun yaratilgan salon

Interyeri odmi va aniq gorizontal zonalashtirilishga egadir. Salon dizaynining muhim elementi - bu barcha displeylar integratsiyalangan katta panoramali ekrandir. Displeylar grafikasi yanada chiroyli va ko'rishga qulayga aylandi. Boshqaruv elementlari intuitiv tarzda tushunarli joylashtirilgan, ularga yetish qulay bo'lib, chalg'itadigan faktorlar minimaldir. Salonda toza, silliq shakllar va chiziqlarga makon yaratilgan.

Texnologiyalar

Hech narsa nazardan chetda qolmaydi

Texnologiyalar ba'zan bizga tasavvur qilganimizdan ham ko'proq yordam beradila. Yangi Sorentodagi haydovchi interfeysi gorizontal yo'naltirilgandir, uning barcha keng funktsionali esa idrok etish uchun qulay va oddiy tarzda tashkil etilgan.



Integratsiyalashgan egri ekran haydovchiga e'tiborn ma'lumotlarga to'liq qaratish imkonini beradi. Yuqori sifatli keng formatli tasvirlar ma'lumotlarning aniq ko'rinishini ta'minlaydi.

Pastki qismidagi dastak yordamida raqamli ko'zgu optik ko'zgu va kamera displeyi rejimlari o'rtasida almashinib, xavfsizroq ortni ko'rishni ta'minlaydi.

Foydalanish qulayligi va samaradorligi nazotatchining "Multimedia" va "iqlim nazorati"rejimlari o'rtasida almashtirish imkoniyati bilan ta'minlanadi.

Interyer

Premium darajadagi qulaylik

Yangi Sorento sayohatlardagi qulaylik darajasini yangi cho'qqilarga olib chiqadi — gap materiallar va pardozlanishning sifati haqidami, yoki o'rindiqlarning ishonchliligi yoki jihozlanishning puxta o'ylanganligi haqidami, frqi yo'q . Go'zallik nafaqat avtomobil derazalaridan tashqarisida-balki uning ichki qismida ham mavjud.



Rezina bilan qoplangan simsiz zaryadlash paneli markaziy konsolga joylashtirilgan bo'lib, mos keluvchi smartfonlarni tezda zaryadlash imkonini beradi.

Agar transmissiya selektori Park holatida bo'lsa, haydovchi va old yo'lovchi Relaxation funksiyasini faollashtirishlari mumkin: old o'rindiqlar vaznsiz holatda yotganday holatga o'tkaziladi. Hatto oyoqlar uchun ham qo'shimcha tayanch ko'zda tutilgan.

Smart key bilan avtomobilning orqasida tursangiz, bir necha soniyadan so'ng yukxona avtomatik ravishda ochiladi. Orqa eshik ko'tarilishi balandligini qulay tarzda sozlashingiz mumkin.

Ichida yetti havo bo'linmasi bo'lgan ergonomik o'rindiq haydash paytida haydovchining qulayligini ta'minlaydi.

Old yo'lovchi o'rindig'ining chap yon tomonida joylashgan tugmani oddiy bosish orqali haydovchi orqa o'rindiqni bir vaqtning o'zida katlab uni vaqtincha oldinga siljitishi mumkin. Bu yo'lovchilar o'rindiqlarning orqa qatorlariga o'tirishlari yoki aksincha, avtomobildan tushishlari uchun qulaylik yaratadi.

Dvigatel

Kuchli. Boshqariladigan. Dinamik.

Yangi Sorento vaqt sinovidan o'tgan dvigatellar va optimal sozlamalarga ega transmissiyalar bilan jihozlangan. U yo'lda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan har qanday qiyinchilikni yengishga tayyor. Tormozlanishi ishonchli va mukammal boshqariladi, yangi podveska yurishning ideal silliqligini ta'minlaydi. Sorentoning dinamikasi har qachongidan ham ko'proq sizning kutganingizdan ortiq bo'ladi.



2.5 Smartstream MPI, benzin

  • 175 o.t
    Dvigatel quvvati
  • 232 n.m
    Aylantiruvchi moment
  • 10,7 s
    0 dan 100 km/s gacha tezlashuv

3.5 Smartstream MPI, benzin

  • 272 o.t
    Dvigatel quvvati
  • 232 n.m
    Aylantiruvchi moment
  • 10,7 s
    0 dan 100 km/s gacha tezlashuv

Haydash

Har qanday vaziyatga tayyor

Yo'l sharoitlariga moslashish tizimi (Terrain Mode) tufayli Sorento har qanday yo'l yuzalaida (NOW — qor, MUD — loy, SAND — qum rejimlari) silliq yurilishni ta'minlaydi.



Almashtirilish kalitini yengil burilishi orqali mos rejimni tanlang. Mavjud rejimlar: COMFORT, ECO, SPORT va intellektual o'rganish algoritmi ga ega va sizning haydash uslubingizga moslashadigan SMART.

Yangi Sorento jihozlangan Terrain Mode to'liq privod ish rejimini tanlash tizimi, qor, loy yoki qum kabi yo'l qoplami bilan yomon ulanishli muhitda xavfsiz va ishonchli harakatlanishni ta'minlaydi.

Haydash haqidagi eng muhim ma'lumotlar haydovchining ko'zlari qarshisidagi old oynaning pastki qismidagi proyektsion displeyda aks etadi ‒ siz doimo ma'lumotlarni yo'ldan chalg'imasdan o'qishingiz mumkin.

Yo'l bo'lagini o'zgartirishda sizga ko'rinmas zonangizda bo'lgan boshqa avtomobil bilan to'qnashuv xavfi haqida ogohlantiradi. Parallel to'xtash joyidan chiqishda, u avtomatik ravishda yordamga keladi va orqa tomondan yaqinlashayotgan transport vositasi bilan to'qnashuv xavfi mavjud bo'lsa, favqulodda tormozlanishni amalga oshiradi.

Buning uchun frontal kameradan foydalanib, razmetka yoki oldindagi harakatlanayotgan avtomobilga moslashib avtomobilni tanlangan yo'l bo'lagining o'rtasida ushlab turishga yordam beradi, shuningdek, rul boshqaruvi yordamida kerakli pozitsiyani saqlashga yordam beradi.

SCC intellktual kruiz nazorati oldindagi harakatlanayotgan avtomobilgacha xavfsiz masofani va siz o'rnatgan tezlikni saqlashga yordam beradi.

Atrof-muhitni nazorat qiladi va to'qnashuv xavfi mavjud bo'lsa, ogohlantirish signalini beradi. Agar xavf kamaymasa, FCA 2 avtomatik ravishda tormoz tizimini faollashtiradi.

Agar ort bilan harakatlanishda avtomobil orqasidagi ob'ekt bilan to'qnashuv xavfi mavjud bo'lsa, ogohlantirish signalini beradi. Agar shunday ogohlantirishdan keyin to'qnashuv xavfi oshsa, favqulodda tormozlanishni avtomatik ravishda faollashtiradi.

Xavfsiz parkovkalanish uchun avtomobil atrofidagi muhit ko'rinishining turli burchaklarini ekranga chiqarishga imkon beradi.

360° tomosha qilish

Sorento

  • Tashqi
  • Ichki makon
Rang: Steel Gray (KLG)
Rang: Qora, mato bezaklari (WK)

Konfiguratsiya

Imkoniyatlari Sorento

4 mavjud konfiguratsiyalar

Xizmat ko’rsatish

Kafolat va xizmat

Kia avtomobillari avtomobilsozlik sanoatida eng yuqori standartlarga muvofiq ishlab chiqarilgan. Aynan mana shu ajoyib sifat Kia ga o‘ziga xos kafolatni taqdim etish imkonini beradi.

Konsultasiya

Batafsil bilib olish о Kia Sorento

Diler qo'ng'irog’iga buyurtma berish