Kia

Seltos

Ilhomnanishning yangi qirrasi

2.0 MPI / 147 o.k

Multimedia 8

Haydash rejimini tanlash tizimi (Drive Mode Select)

Aynan Siz uchun yaratilgan avtomobil

Yangilangan tashqi ko'rinish Kia Seltosni kelajakka yo'lboshchiga aylantiradi. Krossoverning kuzovi avtomobilning orqa qismi dizayni o’zgarganligi va optikasi modernizatsiyalanganligi hisobiga yanada nafislashdi. Ilg'or texnologiyalar bilan jihozlangan yangi Kia Seltos sizni yo'ldagi qulaylik va ishonch muhitiga g'ark etadi.

Eksteryer

Ekspressiv dizayn

Effekli radiator panjarasi, g’ildirak disklarining futuristik dizayni bilan uyg’unlikdagi Starmap* old va orqa chiroqlarning o'ziga xos grafikasi yangi Kia Seltosni yo'llarda unutilmasga aylantiradi



Uslubdagi birdamlik va har bir chiziqdagi uyg'unlik

Kunduz chiroqlarning yangi "Yulduzlar xaritasi" firmaviy grafikasi Kia Seltos ko'rinishini yanada ifodaliroq va taniladiganroqqa aylantiradi

“Yo'lbars tabassumi” uslubidagi radiator panjarasining yangi dizayni Kia Seltosning futuristik dizaynini ta'kidlab, old optika bilan uyg'un nos keladi.

Orqa chiroqlarning yangi futuristik dizayni va firma grafikasi, uslubning old qismi bilan uyg’unligini namoyish etadi.

Vertikal ravishda joylashtirilgan tumanga qarshi chiroqlar, kunduzgi chiroqlarning yangi grafikasi bilan uyg’unlikda old qismning to'liq, butun ko'rinishini ta’minlaydi.

Interyer

Har bir tafsilotning puhta o'ylanganligi

Yangi Kia Seltos jihozlangan texnologiyalar qulaylik va ilhomlanish uchun yaratilgan. Boshqaruv elementlari haydovchi uchun maksimal samaradorlik va qulaylik bilan joylashtirilgan.



Raqamli asboblar paneli va multimedia displeyining joylashuvi zamonaviy yuqori texnologiyali interyer tasvirini to‘ldiradi.

4,2 dyuymli rangli displeyga ega bo'lgan nazorat panelida tezlik, navigatsiya bo'yicha maslahatlar, turli avtomobil tizimlarining ishlashi haqidagi ma'lumotlar aks etadi.

Tezlik, masofa, kruiz nazorati va Drive Wise yordamchilari haqidagi ma'lumotlarni uzatadi.

Salonni havo bilan to'ldirish yoki yo'lovchilar ochiq osmonni kuzatishlari uchun uni ko'taring yoki suring.

Bagajnik eshigi Smart Key avtomatik ravishda yoki qo'lda ochilishi va yopilishi mumkin.

Bir marta yengil bosish bilan yoqiladi.

Qulaylik

Sizning qulayligingiz uchun yechim

Yangi Kia Seltos hayotimizda texnologiyalar qanday ko‘mak berishini namoyish qiladi. Kianing muhandislari, avtomobil sizni yangi g'oyalar va yutuqlarga ilhomlantirishi va kundalik ishlarda ishonchli yordamchingizga aylanishi uchun barcha imkoniyatlardani foydalanganlar.



Tashqarida ob-havo qanday bo'lishidan qat'i nazar, qulay sayohatdan rohatlaning. Old o'rindiqlarni ventilyatsiya va isitishning kerakli darajasini o'zingiz o'rnatishingiz mumkin.

Belgilangan harorat va havo oqimi tezligini saqlaydi.

Markaziy konsoldagi zaryadlash paneli sizga mos keladigan smartfonni simsiz ravishda tezda zaryad qilish imkonini beradi.

Sovuq havoda rulning qulay haroratda haydash nafaqat yoqimli, balki xavfsizroq ham.

Agar mashinadan ikki kishi foydalansa, ularning har birining sozlamalarini saqlanishi mumkin.

Aynan sizbob krossover

Aynan sizbob krossover

Sportcha uslubda va hashamatli. Dinamikali va qulay. Kuchli va manevrli. Yangi Kia Seltosda butun oilangiz bilan sayohatga chiqing, rejalaringiz va g'oyalaringizga muvofiq bagajni oling. Ushbu krossoverni haydash paytida yo'lda drayvni va ilhomni his eting.

Xavfsizlik

Himoya qiladigan texnologiyalar

Комплекс систем безопасности и помощи водителю Drive Wise использует новейшие технологии, которые помогают сохранять контроль и обеспечивают безопасность для водителя, пассажиров и пешеходов.



Burilish signali yoqilganda, BCA boshqa transport vositasi aniqlanganda vizual signallarni beradi. Agar zarurat bo'lsa, tizim tormozlar va rul boshqaruvini faollashtiradi.

RCCA orqa bilan harakatlanishda, chap/o'ngdan yaqinlashib kelayotgan transport vositasi bilan to'qnashuvning oldini olishda yordam beradi.

Xavfsiz va ishonchli parkovka qilishingizga ko’maklashish maqsadida, PDW bamperga o'rnatilgan ultratovushli datchiklaridan foydalanib, boshqa transport vositalari yoki to'siqlar xavfli masofada yaqin bo'lganda, sizni tovush chiqarib ogohlantiradi.

Dvigatel

Ertangi kunga intiluvchi

Yangi Kia Seltos silliq harakatlanish uchun zarur bo'lgan puhta fazilatlar uyg’unligiga egadir. Krossover quvvat va tormozlanishning optimal muvozanatini ta'minlaydi. Avtomobil haydovchining buyruqlariga oson javob beradi, tez va qulay haydashga tayyor. Yo'l qanday bo'lishidan qat'i nazar, siz Kia Seltosni ishonchli va xotirjam boshqarayotganingizni his qilasiz.



2.0 MPI

  • 147 o.k.
    Dvigatel quvvati
  • 180 N·m
    Maksimal aylantiruvchi moment
  • 9,6 s
    0 dan 100 km/soatgacha tezlashuv (ushbu dvigatel uchun minimal qiymat bilan)

360° tomosha qilish

Seltos

  • Tashqi
  • Ichki makon
Rang: Pluton Blue (PLU)
Rang: Qora, mato qoplamasi (WK)

Konfiguratsiya

Imkoniyatlari Seltos

3 mavjud konfiguratsiyalar

Xizmat ko’rsatish

Kafolat va xizmat

Kia avtomobillari avtomobilsozlik sanoatida eng yuqori standartlarga muvofiq ishlab chiqarilgan. Aynan mana shu ajoyib sifat Kia ga o‘ziga xos kafolatni taqdim etish imkonini beradi.

Konsultatsiya

Kia Seltos haqida ko'prog'ini bilib oling

Diler qo'ng'irog’iga buyurtma berish